
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines jahon chempionatidagi motivatsiyasi haqida gapirdi.
"Aston Villa" posboni Lionel Messini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi.
"Messi sayyoramizdagi eng yaxshi futbolchi. Darvozabon sifatida men jahon chempionatida dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi uchun kubokni yutishni orzu qilardim, shunda u tarixdagi eng yaxshi o‘yinchi ekanligiga shubha qolmasdi", – dedi darvozabon.
JCH-2022 finalida Argentina Fransiyani mag‘lub etdi (3:3, penaltilar seriyasi bo‘yicha – 4:2). Martines vinger Kingsli Koman tomonidan ijro etilgan zarbani qaytardi va yarim himoyachi Orelen Chuamenining zarbasi nishonga bormadi.
Emiliano MartinesJahon ChempionatiMessi TarixiAston VillaFutbolchilar OrzusiFinal O'yini O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar