
Taniqli futbol agenti Joje Mendesh o‘z mijozi Krishtianu Ronalduga yozgi transferlar vaqtida 30 klubni taklif qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida jurnalist Bruno Andrade xabar berdi.
Yozda 37 yoshli hujumchi “Manchester Yunayted”dan ketish istagini bildirganida Menesh unga faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan 30 ta klub ro‘yxatini bergan. Ronaldu ular orasidan uchtasini tanladi.
Manbaning ta’kidlashicha, Krishtianu faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lgan uchala klub ham, hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamagan.
Shundan keyin, portugaliyalik to‘purar yana beshta klubni tanlab berdi. Biroq, Jorje Mendesh ularni ham transferga ko‘ndira olmadi.
Ta’kidlash joizki, Krishtianu Ronaldu jahon chempionati vaqtida “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi bekor qilinganidan keyin hali ham o‘ziga jamoa topgani yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar