date
views 1 117

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 1 million dollarlik jahon chempionatida ishtirok etmoqda

Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 1 million dollarlik jahon chempionatida ishtirok etmoqda
Joriy yilning 25-31 dekabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida shaxmatning rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqada rapid bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmoqda. Ta’kidlash kerakki, hamyurtimiz 2021 yil Polshada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida aynan rapid yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Qozog‘istondagi dunyo birinchiligining umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 1 million dollarlik jahon chempionatida ishtirok etmoqda