Foto: Sky Sports
Afsonaviy futbolchi Pele (Edson Arantis de Nasimentu) 82 yoshida vafot etdi.
Braziliyalik futbolchi 2021 yil sentyabr oyida saraton tufayli jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan edi. 2022 yil boshida Pele kimyoterapiya amaliyotini o‘tagan. So‘nggi vaqtlarda unga kimyoterapiya ham yordam bermayotgani, uning ahvoli yomonlashayotgani xabar qilingandi.
Pele — Jahon Chempionatida uch marta g‘olib bo‘lgan tarixdagi yagona futbolchi (1958, 1962 va 1970 yillar).
JCH larida umumiy hisobda 14 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol urgan va ularning 3 tasi finallarga to‘g‘ri keladi.
Pele Braziliya terma jamoasida 92 o‘yinda 77 ta golga mualliflik qilgan (1957 yildan 1971 yilga qadar). Uning rekordi deyarli 50 yil saqlanib turdi va yaqinda Neymar tomonidan takrorlandi.
Klub miqyosida sobiq futbolchi «Santos» sharafini himoya qilgan. Jamoa bilan birga Libertadores Kubogi va Qit’alararo Kubok sohibiga aylangan (1962 va 1963 yillar). Shuningdek, «Nyu-York Kosmos» jamoasida ham to‘p surgan.
Pele FIFA komissiyasi, World Soccer va France Football tomonidan XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...