Ronalduning kelishi Masharipovga qimmatga tushishi mumkin

Ronalduning kelishi Masharipovga qimmatga tushishi mumkin
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr"ga o‘tishi kutilyapti. Futbolchining tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi allaqachon belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, portugaliyalik va uning qarindoshlari uchun turar joy ham ajratilgan.

Ayrim manbalarning xabar berishicha, 37 yoshli hujumchi "Al-Nassr"da hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov yoki Gonsalo Martines o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot uchun, riyodliklar ayni vaqtda Saudiya Arabistoni chempionatida 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Masharipov 10 turdan so‘ng 1 ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga gol yoki assist yozdirib qo‘ya olmagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar