date
views 1 062

APL. «Arsenal» 6 ta gol urilgan o‘yinda raqibini mag‘lub etdi va boshqa natijalar

APL. «Arsenal» 6 ta gol urilgan o‘yinda raqibini mag‘lub etdi va boshqa natijalar
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 18-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 31 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Manchester Yunayted» safarda «Vulverhempton» mehmoni bo‘ldi va Markus Reshfordning yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Mankunianliklar ochkolari sonini 32 taga yetkazib, 4-o‘rindan joy oldi.

«Manchester Siti» esa «Everton» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 24-daqiqasida Erling Holand hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Demaray Grey muvozanatni tikladi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Pep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 36 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

«Arsenal» esa «Brayton»ga qarshi maydonga tushdi va 4:2 hisobida zafar quchdi. Londonliklar safida Bukayo Saka, Martin Edegor, Edvard Nketia va Gabriel Martinelli o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. «Brayton» safida esa Kaoru Mitoma ham Evan Fergyuson gol muallifiga aylandi.

«Kanonirlar» 43 ochko bilan 1-o‘rinni band etgan.


«Brayton» – «Arsenal» 2:4
Gollar
: 0:1 – 2 Saka, 0:2 – 39 Edegor, 0:3 – 47 Nketia, 1:3 – 65 Mitoma, 1:4 – 71 Martinelli, 2:4 – 77 Fergyuson.
«Brayton»: Sanches, Lempti, Dank, Koluill, Estupinyan, Lallana (Sarmiento, 61), Gross, March (Ensiso, 76), Gilmor, Mitoma, Trossard (Fergyuson, 60).
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 60), Gabriel, Saliba, Zinchenko (Tirni, 60), Jaka, Parti (El-Nenni, 74), Edegor (Xolding, 87), Saka, Nketia, Martinelli.
Ogohlantirishlar: Gilmor (45), Gabriel (45), Parti (45), Saka (54), March (57), Sarmiento (81).

«Vulverhempton» – «Manchester Yunayted» 0:1
Gol
: 0:1 – 76 Reshford.
«Vulverhempton»: Joze Sa, Semedu (Kastro, 65), Kollinz, Kilmen, Bueno (Gomesh, 73), Moutinyu (Ait-Nuri, 72), Podense (Ximenes, 81), Ruben Nevesh, Mateush Nunesh, Diego Kosta (Traore, 46), Xvan Xi Chxan.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uan-Bissaka, Varan, Shou, Malasia, Eriksen (Fred, 61), Kazemiro, Brunu Fernandesh (Maguayr, 90), Marsyal (van de Bek, 81), Antoni (Elanga, 90), Garnacho (Reshford, 46).
Ogohlantirishlar: Semedu (26), Kazemiro (57), Fred (72), Reshford (88).

«Manchester Siti» – «Everton» 1:1
Gollar
: 1:0 – 24 Holand, 1:1 – 64 Grey.
«Manchester Siti»: Ederson, Lyuis (Gundo‘g‘an, 87), Stounz, Ake, Akanji, Bernardu Silva (Alvares, 87), de Bryuyne, Rodri, Grilish (Foden, 87), Marez, Holand.
«Everton»: Pikford, Patterson (Koulmen, 70), Godfri (Dukure, 90), Tarkovski, Koudi, Mikolenko, Guye (Devis, 78), Onana, Ivobi, Kelvert-Lyuin (Mope, 70), Grey.
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (16), de Bryuyne (30), Patterson (33), Holand (44), Tarkovski (45), Onana (63), Mope (90).

«Bornmut» – «Kristal Pelas» 0:2
Gollar
: 0:1 – 19 Ayyu, 0:2 – 36 Eze.

«Fulhem» – «Sauthempton» 2:1
Gollar
: 1:0 – 32 Uord-Prouz (avtogol), 1:1 – 56 Uord-Prouz, 2:1 – 88 Palinya.

«Nyukasl» – «Lids» 0:0
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. «Arsenal» 6 ta gol urilgan o‘yinda raqibini mag‘lub etdi va boshqa natijalar