Ronaldu yaqin insoni bilan janjallashdi. Nega?

Ronaldu yaqin insoni bilan janjallashdi. Nega?
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu oldida muammolar yuzaga kela boshladi.

Gap shundaki, u "Manchester Yunayted"ni tark etganidan keyin agenti Jorje Mendesh bilan munosabati keskin yomonlashgan. Ronaldu Mendeshdan unga Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan top-klub topib bera olmaganidan norozi bo‘lgan.

"Daily Post" nashrining ma’lum qilishicha, 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga agenti yordamisiz borib qo‘shilgan. Bu jarayonda Jorje hech nima qilmagan. Biroq Ronalduning avvalgi transferlarida asosiy rol unga tegishli edi.

Shartnomaga ko‘ra Krishtianu Ar-Riyodda 2025 yila qadar qoladi va yiliga 200 million yevro miqdorida pul ishlab topadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar