08:31 / 05.01.2023
588

A Seriya. «Inter» turning markaziy o‘yinida «Napoli»ni mag‘lub etdi

A Seriya. «Inter» turning markaziy o‘yinida «Napoli»ni mag‘lub etdi
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 16-turida «Inter» 4 yanvar, chorshanba kuni «Napoli» bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar qancha harakat qilishmasin, darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘lim ham teng kurashlar ostida kechdi. Biroq 56-daqiqada milanliklar hujumchisi Edin Jeko gol urib, hisobni ochdi. Ushbu gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi va «nerazzuri» muhiim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

«Inter» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 33 taga yetkazib, 4-o‘rinni egalladi. «Napoli» esa yutqazganiga qaramasdan, 41 ochko bilan musobaqa peshqadamligini saqlab turibdi.

«Inter» – «Napoli» 1:0
Gol
: 1:0 – 56 Jeko.
«Inter»: Onana, Darmian (Dumfris, 76), Acherbi, Shkrinyar, Bastoni, Dimarko (Gozens, 65), Mxitaryan (Galyardini, 83), Chalhano‘g‘lu, Barella, Jeko (Korrea, 76), Lukaku (Martines, 64).
«Napoli»: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka (Simeone, 85), Zelinski (Raspadori, 65), Zambo-Angissa (Ndombele, 76), Politano (Losano, 65), Osimhen, Kvarasxeliya (Elmaz, 76).
Ogohlantirishlar: Jeko (27), Barella (84), Di Lorenso (85), Dumfris (87), Kim Min Chje (88).

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. «Inter» turning markaziy o‘yinida «Napoli»ni mag‘lub etdi