
Argentina terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilgan jahon chempionatida g‘olib chiqqan Paulo Dibala “Roma”ga ajoyib sovg‘a tayyorladi.
29 yoshli futbolchi mundialda qo‘lga kiritilgan g‘alaba uchun berilgan oltin medalni “Roma” klubining tarixiy arxiviga topshirdi. Argentinalik hujumchi bu qarori bilan “bo‘rilar” jamoasiga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatdi.
Dibala “Yuventus”dagi faoliyati yakunlanganidan keyin o‘tgan yozda erkin agent sifatida “Roma”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Tajribali hujumchi qisqa fursatda Joze Mourino jamoasining yangi yetakchisiga aylandi. Portugaliyalik mutaxassis mashhur to‘purar yordamida “Roma”ni chempionlar ligasiga olib chiqmoqchi.
ArgentinaPaulo DibalaJahon ChempionatiOltin MedalRoma KlubiYuventus Faoliyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar