“An-Nasr” klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma qilganidan keyin portugaliyalik yulduzni chempionat qaydnomasidan o‘tkaza olmayotgan edi.
Bunga Saudiya Arabistonida legionerlarga qo‘yilgan limit sabab bo‘layotgani aytildi. Manbalarning ta’kidlashicha, bu mamlakatda bir klub sakkizta xorijlik o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.
Ronaldu jamoaga to‘qqizinchi bo‘lib qo‘shildi. Ungacha klub rahbariyati bir necha o‘yinchilar bilan jamoani tark etish bo‘yicha muzokara olib borgan. Xususan, bu masala legionerlar limitini to‘ldirib turgan Jaloliddin Masharipovni ham chetlab o‘tgani yo‘q.
So‘nggi yangiliklarga qaraganda, “An-Nasr” Krishtianu Ronalduni chempionat qaydnomasiga kiritdi. Kamerunlik hujumch Vensan Abubakar boshqa klubga ijaraga o‘tishga rozilik berganidan keyin, Ronalduga joy ochildi.
Xabaringiz bor, Jaloliddin Masharipov jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan 37 yoshl yulduzga o‘zining 7-raqamini bo‘shatib bergan edi. Endi o‘zbek yarim himoyachisi 77-raqamda maydonga tushmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...