Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2023 yilning ilk oyida FIDEning 100 nafar eng kuchli shaxmatchilari ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu reytingdan 3 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ham joy oldi.
Jumladan, Nodirbek Abdusattorov 2 713 ochko jamg‘argan holda 30-qatorda qayd etilgan bo‘lsa, Rustam Qosimjonov 2 678 ochko bilan 61-o‘rinda ko‘rinish berdi. Shuningdek, yana bir Javohir Sindorov 2 654 ochkoga ega bo‘lgan holda ro‘yxatning 94-pog‘onasini band etib turibdi.
Reytingning eng yuqori qismida niderlandiyalik Magnus Karlsen(2 859), xitoylik Lijen Din (2 811), rossiyalik Yan Nepomnyashiy (2 793), Fransiya sharafini himoya qilayotgan Aliriza Firudja (2 785), AQSH bayrog‘i ostida o‘ynayotgan Xikaru Nakamura (2 768) kabi shaxmatchilar borishmoqda.
Shuningdek, FIDE e’lon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Abdusattorov 4-o‘rindan, Javohir Sindorov 9-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, yosh qizlarning yuztalik ro‘yxatida iste’dodli shaxmatchi qiz Umida Omonova (2 155) 65-o‘rinda, Afro‘za Hamdamova (2 143) 72-o‘rinda qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...