Ronalduning debyuti Messiga qarshi bo‘ladi (mi?)

Ronalduning debyuti Messiga qarshi bo‘ladi (mi?)
Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" va "Al-Hilol" yulduzlari bilan birgalikda PSJga qarshi o‘ynashi mumkin.

Avvalroq, Fransiya klubi 19 yanvarda Ar-Riyodda "Al-Nassr" hamda "Al-Hilol" yulduzlariga qarshi o‘yin o‘tkazishi haqida xabar bergandi.

Riyodliklar ustozi Rudi Garsiya mazkur bahsda Ronalduni tushirishi mumkin. Ushbu bellashuv Krishtianuning Saudiya klubidagi debyuti bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozircha Ronaldu "Al-Nassr" safida o‘ynay olmaydi. U "Manchester Yunayted"daligida ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar