Amerikalik egizak aka-uka boks tarixida noyob rekord o‘rnatishdi

Amerikalik egizak aka-uka boks tarixida noyob rekord o‘rnatishdi
Amerikalik egizak aka-uka boks tarixida noyob rekord o‘rnatishdi

Birinchi o‘rta vaznda IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Jermall Charlo (24-0, 18 ta nokaut) WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq chempion Ostin Trautga (30-3, 17 ta nokuat) qarshi jangda hakamlarning bir ovozlik qarori bilan o‘z unvonini himoya qila oldi, deyiladi "Kun" nashrida.

Shu boks kechasining yana bir jangida Jermallning egizagi Jermell Charlo (28-0, 13 ta nokaut) shu vazn toifasida 8-raundda Jon Jeksonni nokautga uchratib, WBC yo‘nalishi bo‘yicha egasiz bo‘lgan jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, aka-uka Charlolar boks tarixida noyob natijaga erishishdi, ya’ni egizak aka-ukalar bir vazn toifasida bir vaqtning o‘zida jahon chempioni bo‘lishdi. Hanuzgacha bunday natija qayd qilinmagan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar