
Nufuzli Goal nashri futbol tarixidagi eng yomon transferlarni e’lon qildi.
Felipe Koutinoning 2018 yil yanvarida «Liverpul»dan «Barselona»ga 120 mln yevro + 40 mln yevro bonus evaziga o‘tishi «eng muvaffaqiyatsiz transfer», deb topildi.
Koutino katalon klubi asosiy tarkibiga kira olmadi, yarim yildan so‘ng «Bavariya»ga ijaraga berib yuborildi. Biroq myunxenliklar hamkorlik yakunida bu futbolchiga egalik huquqini sotib olishdan bosh tortishdi.
«Barselona»ga qaytgan braziliyalik futbolchi yana zaxirada o‘tirib qoldi, qolaversa, bot-bot jarohat olishi ham maydonga tushishiga xalaqit berdi.
2022 yil yanvarida «Barselona» Koutinoni ijara huquqi asosida «Aston Villa»ga jo‘natdi, o‘sha yilning may oyida ingliz jamoasi uni to‘liq sotib olib, «Barselona»ni «boshog‘riq»dan qutqardi.
Goal tuzgan eng yomon transferlar ro‘yxati yetakchi beshligiga, Koutinodan tashqari, «Barselona»ning yana ikki futbolchisi kiritildi:
- Birinchi o‘rin: Felipe Koutino (2018 yilda «Liverpul»dan «Barselona»ga o‘tgan — transfer qiymati 120 mln yevro + 40 mln yevro bonus);
- Ikkinchi o‘rin: Antuan Grizmann (2019 yilda «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tgan — 120 mln yevro);
- Uchinchi o‘rin: Joau Felish (2019 yilda «Benfika»dan «Atletiko» Madridga o‘tgan — 126 mln yevro);
- To‘rtinchi o‘rin: Usmon Dembele (2017 yilda «Borussiya» Dortmunddan «Barselona»ga o‘tgan — 105 mln yevro);
- Beshinchi o‘rin: Pol Pogba (2016 yilda «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan — 89,5 mln funt sterling).
Futbol TarixiYomon TransferlarFelipe KoutinoBarselona TransferiAntuan GrizmannJoau Felish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar