
Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» jamoasi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Mundo Deportivo.
«Al-Hilol» «PSJ» hujumchisiga yiliga 300 million dollar maosh berishga tayyor. Maoshning katta qismi davlat g‘aznasidan ajratiladi.
Argentinalik futbolchining parijliklar bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. «PSJ» esa shartnomani uzaytirish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu yanvar oyida «Al-Hilol»ning asosiy raqibi «An-Nassr» klubiga qo‘shildi.
Saudiya Arabistoni ikki futbolchini olib kelib, chempionatga nisbatan e’tiborni kuchaytirish va JCH—2030 mezbonligi uchun imkoniyatni oshirishni maqsad qilgan.
Saudiya ArabistoniAl-Hilol JamoasiLionel MessiPSJ HujumchisiFutbol TransferiJCH-2030 Mezbonligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar