
Kuni kecha o‘zbek futbolida katta voqelik ro‘y berdi. Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi a’zosiga aylangan Krishtianu Ronaldu hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov bilan birga tushgan suratlarni instagramdagi sahifasiga joyladi.
Ushbu rasmlarga o‘zbek futboli jamoatchiligi ijtimoiy tarmoqlarda turli izohlar qoldirdi.
Ha aytgancha, Ronalduning instagramdagi sahifasida bitta reklamaning narxi 20 milliard so‘m atrofida.

Murod Rizayev (sharhlovchi): Juda o‘rtoq bo‘lib qolishdida...
Xayrulla Hamidov (sharhlovchi): Bir do‘stim bu rasmni ko‘rib: “KriRoning telefonini Jaloliddin olib qo‘yib ishlatmayotganmikan?” deb hazillashdi. Mening javobim oddiy bo‘ldi:
“Ronaldu O‘zbekistonga kelib ketgani, yegan tuzi hurmati salom yo‘lladi, Masharipovga esa 7-raqam uchun minnatdorlik izhor etmoqda”.
Jamoliddin Bobojonov (jurnalist): Masharipov O‘zbekistonni eng iqtidorli futbolchilaridan biri. Aytmoqchiman-ki, Ronaldusiz ham shaxs. Balkim hozir undan yaxshiroqdir... “Uje” “Al-Hilol”ga sharmandalarcha yutqazishini istayapti bu ko‘ngil.
Davron Fayziyev (sharhlovchi): Masharipov dunyodagi eng qimmat instagram sahifada qayd etildi).
Keyingi bosqich - Jaloliddinning uyida osh yeb o‘tirgani).
Krishtianu RonaldoJaloliddin MasharipovO‘zbekiston FutboliInstagram RasmSaudiya ArabistoniAl Nassr Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar