
"Manchester Siti" yulduzi Erling Xoland ancha yomon statistika qayd etmoqda.
Gap shundaki, norvegiyalik hujumchi APL 20-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted"ga qarshi bellashuvda maydonni golsiz tark etdi. Butun o‘yin davomida u atigi 2 bor de Xea postiga zarba berdi.
Bu yosh forvard uchun raqib darvozasi ishg‘ol etilmagan ketma-ket uchinchi bahs sifatida tarixga kirdi. Avvalroq, u "Sautgempton" hamda "Chelsi" jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ham gol ura olmagandi.
22 yoshli Xoland joriy mavsum "shaharliklar" libosida barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushdi. Bu bellashuvlarda u o‘z hisobiga 33 gol va 4 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar