
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri Rustam Ashurmatov yana legionerga aylandi.
Rossiyaning "Rubin" jamoasi uni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi. Avvalroq, yana bir vakilimiz Umarali Rahmonaliyev ham aynan shu klub bilan shartnoma imzolagandi.
"Ana endi rasman: Ashurmatov - "Rubin" futbolchisi!
Jamoamiz tarkibi o‘zbekistonlik 26 yoshli himoyachi Rustam Ashurmatov bilan to‘ldirildi. U 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi va 5-raqam ostida harakat qiladi.
Xush kelibsan, Rustam!", - deya yozib qoldirdi qozonliklar matbuot xizmati.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar