
Saudiyalik biznesmen Mushrif Al-Hamdiy PSJ va “An-Nasr” o‘rtasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘rt oqlik uchrashuvi uchun chiqariladigan maxsus chiptani qo‘lga kiritish uchun 2,6 million dollar to‘lashga rozi bo‘ldi.
PSJ va “An-Nasr” o‘rtasidagi bahsda jahon futbolining ikki yulduzi – Messi va Ronaldu bir necha yillik tanaffusdan keyin yana o‘zaro to‘qnash keladi.
Bu chipta 17 yanvarga qadar davom etadigan kimoshdi savdosida o‘ynaladi. Uning sohibi 19 yanvarga belgilangan uchrashuvda g‘olib jamoani taqdirlash marosimida bevosita ishtirok etadi.
Bundan tashqari, unga kiyim almashtirish xonalariga kirib, Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu bilan shaxsan uchrashish imkoniyati beriladi.
Mushrif Al-HamdiPSJ va An-NasrUchrashuv ChiptasiMessi va RonalduKimoshdi SavdosiTanaffusdan Keyin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar