
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 21-turida «Arsenal» va «Manchester Yunayted» 22 yanvar, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Markus Reshford jarima maydonidan tashqarisida ajoyib zarba berib, hisobni ochdi. 24-daqiqada esa Edvard Nketia muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘limda durang natija qayd etildi.
Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar hujumkor o‘yin namoyish etdi. 53-daqiqada Bukayo Saka ajoyib gol urib, londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 59-daqiqada esa Lisandro Martines bosh bilan goldi va muvozanatni tikladi. O‘yin yakuniga yetishiga bir necha daqiqa qolganda Edvard Nketia «kanonirlar»ga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
«Arsenal» ochkolari sonini 50 taga yetkazib, birinchi o‘rinni mustahkamladi. «Manchester Yunayted» esa 39 ochko bilan 4-pog‘onani band etdi.
«Arsenal» — «Manchester Yunayted» 3:2
Gollar: 0:1 – 17 Reshford, 1:1 – 24 Nketia, 2:1 – 53 Saka, 2:2 – 59 Martines, 3:2 — 90+1 Nketia.
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 46), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor (Xolding, 90+3), Saka, Nketia, Martinelli (Trossard, 82).
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uan-Bissaka, Varan (Garnacho, 90+3), Martines, Shou, Eriksen, Brunu Fernandesh, Maktomini, Vegorst, Reshford, Antoni (Fred, 71).
Ogohlantirishlar: Uayt (19), Arteta (34), Antoni (47), Shou (83).
ArsenalManchester YunaytedFutbol O‘yiniPremer LigaGollarO‘yin Natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar