
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turida «Roma» 22 yanvar, yakshanba kuni «Spetsiya» mehmoni bo‘ldi.
Rimliklar Stefan ash-Shaaravi va Temmi Abrahamning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Eldor Shomurodov uchrashuvda maydonga tushirilmadi.
Joze Mourino shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 37 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
«Spetsiya» – «Roma» 0:2
Gollar: 0:1 – 45 ash-Shaaravi, 0:2 – 49 Abraham.
«Spetsiya»: Drongovski, Holm (Ferrer, 13), Kaldara, Amyan, Xristov (Espozito, 46), Ampadu, Resa (Bragansa Moutinyu, 79), Burabiya (Kovalenko, 55), Agudelo, Jasi, Verde (Maldini, 46).
«Roma»: Ruy Patrisiu, Chelik, Smolling, Manchini, Rojer, Matich, Kristante (Kamara, 90), ash-Shaaravi (Bove, 71), Dibala (Belotti, 85), Abraxam (Solbakken, 90), Zalevski.
Ogohlantirishlar: Burabiya (36), Kaldara (40), Resa (58), Chelik (88). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar