
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv (3:2) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Emotsional bahs bo‘ldi, katta ishtiyoq, yuqori sifat ko‘zga tashlandi. Bundan ortig‘i bo‘lmaydi. "Tottenxem" bilan derbidan so‘ng bunday jamoaga qarshi o‘z uyimizda bunday o‘ynaganimiz, ayniqsa, ikkinchi taymda ko‘rsatgan o‘yinimiz aql bovar qilmas darajada edi. Menga juda yoqdi. Biz va muxlislarimiz uchun ajoyib lahza.
Emotsional nazoratni namoyish etdik, chunki MYU foydasiga 1:0 bo‘lib tursa, vaziyatdan chiqib ketish mushkul. Lekin biz diqqatimizni jamlab, o‘yinga qayta oldik. Futbolchilarim ko‘rsatgan individual harakatlar manzur keldi. Uchrashuvda g‘alaba qozonish yo‘lini topdik.
Bunday jamoalarga qarshi kambek menga kelajakka ijobiy qarash imkonini beradi. Hozir jamoalar ligada juda zich joylashgan, deyarli katta farq yo‘q", – dedi Mikel Arteta.
ArsenalMikel ArtetaManchester YunaytedEmotsional BahsFutbolchilarKambek O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar