
“An-Nasr” bosh murabbiyi Rudi Garsiya o‘z futbolchilariga Krishtianu Ronaldu maydonda bo‘lganida qanday o‘ynash kerakligini tushuntirdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Rudi Garsiya jamoadagi o‘yinchilarni Krishtianu Ronalduga haddan ziyod ko‘p to‘p uzatishdan qaytargan.
- O‘yinda futbolchilar odatdagidek harakat qilishlari juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular Krishtianuga to‘p uzatishga intilishlari kerak emas. Men ularga maydonda to‘g‘ri qaror qabul qilishlari kerakligini aytdim.
Krishtianu yoki Taliska bo‘sh turganida to‘p so‘rasa, ularga pas berish kerak.Chunki gol urish ularning ishi.
Oxirgi o‘yinda raqib maydonchasi ichida Ronalduni ham, Taliskani ham topib bo‘lmadi. Biz ulardan biri doimo raqib darvozasi oldida bo‘lishini ta’minlashimiz va buning ustida ishlashimiz kerak, - dedi Rudi Garsiya.
An-NasrRudi GarsiyaKrishtianu RonalduFutbolchilar HarakatiO‘yinda QarorTo‘p Uzatish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar