“Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Eldor Shomurodov faoliyatini “Spetsiya”da davom ettirishga rozilik berdi.
Italiya futbolini yoritib borayotgan deyarli barcha nufuzli manbalar bu vaziyatni oxirigacha kuzatib bordi hamda o‘zbek hujumchisining yakuniy qarori qanday bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.
Xususan, https://romapress.net nashri jurnalisti Jon Solanoning yozishicha, “Spetsiya” mutasaddilari “Roma” sport direktori Tyagu Pintoni hujumchini ijaraga qo‘yib yuborishga ko‘ndirganidan keyin kech bo‘lishiga qaramay, Eldor Shomurodov vakillari bilan muzokara olib borgan.
Eldor Shomurodov o‘zi uchun oxirida qolgan ikki da’vogar – “Kremoneze” va “Spetsiya”dan transferni to‘liq amalga oshirishni talab qilib, “Roma”dan to‘liq ketishga qaror qilgan edi.
Biroq, muzokaralar natijasida legionerimiz mavsum oxiriga qadar “Spetsiya”da ijara asosida to‘p tepishga rozilik berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Roma” rahbariyati “Spetsiya”ga Shomurodovning transferini keyinchalik sotib olish huquqini bermagan va hamyurtimiz mavsum tugaganidan keyin yana Rimga qaytib keladi.
Ijara vaqtidagi Shomurodovning xizmati “Spetsiya”ga 1,5 million yevro atrofida tushishi ta’kidlanmoqda.
Shundan so‘ng vaziyatga qarab, Shomurodovning “Roma”da qolishi yoki o‘ziga boshqa jamoa topishi masalasi yozgi transferlar vaqtida hal qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov kuchli beshlik chempionatlari qatoriga kiradigan A Seriyadagi faoliyatini 2020 yilning oktabr oyida boshlagan. Eldor “jenoa”da bir mavsumda Italiya chempionatida 31 ta uchrashuvda 8 ta to‘p kiritganidan keyin bir qator klublardan taklif oldi va yakunda Joze Mourino qabul qilib olgan “Roma”ni tanladi.
Mashhur murabbiy qo‘l ostida hamyurtimizning faoliyati muvaffaqiyatli chiqqani yo‘q. Bir yarim yil mobaynida Mourino o‘zbek hujumchisiga yetarli o‘yin amaliyoti imkoniyatini bermasdan, faqat bir necha daqiqadan o‘ynatib keldi.
Rim klubida jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamyurtimiz oltitadan gol va assist qayd etdi.
Shomurodov uchun “Roma”dagi kam sonli yorqin voqealardan biri jamoasi bilan UYEFAning yangi turniri – Konferensiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.
Nihoyat, 2023 yilning yanvar oyiga kelib, Eldor Shomurodov jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi. “Roma” “Torino”, “Bolonya”, “Fiorentina” kabi jiddiy klublarning takliflarini qabul qilmadi.
Eldorning o‘zi Italiyada qolish istagini bildirib, Germaniyaning “Bayer”, Ispaniyaning “Valyadolid”, Fransiyaning “Renn” va “Lill” kabi klublari chorlovlariga rad javobini berdi.
Vaziyat taqozosi bilan Shomurodov “Spetsiya”ga nasib qildi. Bu transfer tez orada rasman tasdiqlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi