Ronaldu o‘g‘liga “arabcha futbol”ni o‘rgatadigan bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu o‘g‘lini o‘tgan yilning oxirida “Real” akademiyasiga joylagan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianu 12 yoshli bolasini Madriddagi akademiyadan chiqarib olib, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi “Mahd” akademiyasiga joylagan.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Ronalduning o‘g‘li yangi joyda o‘zidan ikki yosh katta futbolchilar bilan shug‘ullanadi. Bu haqda the Sun nashri xabar tarqatdi.
Ronalduning o‘zi 2009-2018 yillar davomida “Real” safida to‘p tepgan. Yaqinda portugaliyalik yulduzning o‘zi Madriddan ketgani xato bo‘lganini tan olgan edi.
Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan futbolchi 2023 yildan Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida o‘ynayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing