08:37 / 30.01.2023
224

Anchelotti "Real" ochko yo‘qotgan o‘yin haqida nimalar dedi?

Anchelotti "Real" ochko yo‘qotgan o‘yin haqida nimalar dedi?
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya La Ligasi 19-turidan o‘rin olgan "Real Sosedad"ga qarshi durangdan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

O‘yin va uning natijasi haqida
"Juda yaxshi o‘ynadik va g‘alabaga haqli edik. Jamoa sifatida o‘smoqdamiz. Shogirdlarim to‘p bilan ham, to‘psiz ham ajoyib harakat qildi. Barchasi mukammal bo‘lishi uchun bizga gol yetishmadi, ammo unga ancha yaqin kelgandik.

Bu durangdan unchalik xafa emasman, chunki jamoa juda yaxshi harakat qildi".

Kubok doirasidagi "Atletiko"ga qarshi 120 daqiqa davom etgan bahs haqida
"Bugun futbolchilarim 90 daqiqa davomida tinmadi. Biz kubokdagi ekstra-taymlarga qadar cho‘zilgan bellashuv asoratlarini sezdirmaslikka urindik va intensivlikning yuqori darajasini namoyish etdik".

Kamavinganing chap qanot himoyasida o‘ynagani haqida
"U ajoyib harakat qildi. Eduardo bu pozitsiyada o‘ynashga o‘rganmagan, ammo Vinisius ikkalasi juda ko‘p xavfli vaziyatlar yaratishdi".

Turnir jadvali haqida
"Barselona" bilan o‘rtadagi farq 5 taga yetdi, buni yo‘qqa chiqarishimiz lozim", - dedi italiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anchelotti "Real" ochko yo‘qotgan o‘yin haqida nimalar dedi?