Rossiya JCH yo‘llanmasi uchun Osiyoda kurash olib borishi mumkin

Rossiya JCH yo‘llanmasi uchun Osiyoda kurash olib borishi mumkin
Taniqli futbol mutaxassisi - Alisher Nikimbayevning yozishicha, Rossiya futbol ittifoqi OFKga o‘tib qolishi mumkin ekan.

Unga ko‘ra, OFK Rossiya yoki uning kompaniyalari tomonidan keladigan homiylik (katta) pullaridan motivatsiya olishi mumkin ekan. Ya’ni, Rossiya terma jamoasini qit’amizdagi futbol musobaqalarida ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

E’tiborlisi shundaki, agar mish-mishlar isbotini topsa, OFKning yangi a’zosi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan mundial saralashining ikkinchi bosqichidan o‘z yurishini boshlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqich noyabr oyidan start oladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar