
“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu maoshining katta qismini Saudiya Arabistoni budjetidan oladi.
The Athletic nashrining xabar berishicha, portugaliyalik “An-Nassr”da yiliga 175 million funt (200 million yevro) maosh oladi.
Klub uning 10 foizini to‘lab beradi. Qolgan 90 foizi esa Saudiya Arabistoni budjetidan ajratiladi.
“Bu futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan birining yonida bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatdir. Bu nafaqat klub uchun, balki Saudiya Arabistoni uchun ham tarixiy lahzalardir”, — deydi “An-Nassr” vakili.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi esa bu xabar haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi.
37 yoshli hujumchi Ar-Riyod klubining 2 ta o‘yinida ishtirok etdi va hozircha golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.
Krishtianu RonalduAn-Nassr klubiSaudiya Arabistonifutbol maoshitarixiy lahzalarfutbol federatsiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar