22:00 / 02.02.2023
1 076

Shomurodovni darrov “katta jang”ga tashlashadi!

Shomurodovni darrov “katta jang”ga tashlashadi!
Eldor Shomurodovning yangi jamoasi “Spetsiya” A Seriyaning musobaqa jadvalida juda noqulay pozitsiyada joylashgan.

Luka Gotti shogirdlari 20 ta uchrashuvdan 18 ochko jamg‘argan holda, 17-o‘rinda turibdi. Keyingi uch pog‘ona quyi ligaga tushib ketadigan jamoalar o‘rni hisoblanadi. Bir qator pastda joylashgan “Verona” bilan oradagi farq besh ochkoni tashkil qilmoqda.

21-turda “Spetsiya”ni jiddiy raqib – musobaqa jadvalida hammani ortda qoldirib ketgan “Napoli” bo‘ladi. Bu bahs 5 fevralga mo‘ljallangan. Eldor Shomurodov aynan mana shu bahsda jamoa muxlislari ko‘z o‘ngida yangi klubida debyutini nishonlaydi.

La Gazzetta dello Sport gazetasi Luka Gotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi legionerimizni darrov “katta jang”ga tashlashga qaror qilgani haqida yozdi. Chunki “Spetsiya”da jarohatlar bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat bosh murabbiyni shunga majbur qilmoqda. Asosiy tarkibning yetti nafar futbolchisi safdan chiqqani. Ular uch nafari – asosiy to‘purar Mbala Nzola, yarim himoyachilardan Viktor Kovalenko, Simon Jurkovski, Simon Bastone hujumni qo‘llab-quvvatlovchi futbolchilar hisoblanadi.

Mana shu vaziyat inobatga olinib, “Napoli”ga qarshi bahsda oldingi chiziqda Eldor Shomurodovga yetakchilik vazifasi yuklandi.

“Napoli”ga qarshi uchrashuv “Spetsiya” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Alberto Pikko” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da bo‘ladi.

“Spetsiya” transferi o‘xshamadi

“Spetsiya” asosiy tarkibda o‘ynatish uchun “Roma”dan Eldor Shomurodovni olib kelganidan keyin jamoa hujumchisi Daniele Verde o‘ziga boshqa ish joyi qidirishga qaror qilgandi.

26 yoshli futbolchi aslida “Roma” tarbiyalanuvchisi hisobilanadi. Poytaxt klubida asosiy tarkibga kirishga qiynalgani bois, bir necha mavsum “Frozinone”, “Peskara”, “Avellino”, “Verona”, “Valyadolid” jamoalarida ijarada o‘ynagan.

Gretsiyaning “AYEK Afina” jamoasi uni 2019 yili transfer qildi, biroq hujumchi ikki yildan keyin to‘liq Italiyaga qaytdi va shundan beri “Spetsiya” sharafini himoya qilib kelmoqda.

Verdega to‘rt taklif kelib tushdi. Italiyadan “Sassuolo” va “Verona”, Ispaniyadan “Selta” va “Valyadolid” har ikki qanotda o‘ynay oladigan futbolchini o‘z safiga chorladi.

Lekin Shomurodov qishki transfer oynasining so‘nggi kunlari olib kelingani bois, Verdening agentlari uni yangi jamoaga joylashga ulgurmadi. Endi Daniele asosiy tarkibga kirishi uchun yanada ko‘proq ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

“Spetsiya”da yo‘qotish

A Seriyaning 20-turida jarohat olib, maydonni 17-daqiqada tark etishga majbur bo‘lgan Viktor Kovalenko bir necha hafta futboldan chetda yuradigan bo‘ldi.

Aslida ukrainalik futbolchi oktabr oyidan beri endi maydonga qaytgan edi. Biroq, “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan bahs hujumkor futbolchiga qimmatga tushdi.

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar Kovalenkoning o‘ng oyoq mushaklari shikastlanganini ko‘rsatdi. Endi futbolchi maxsus dastur asosida jarohatidan tiklanishga harakat qiladi.

26 yoshli futbolchi joriy mavsumda jami o‘nta uchrashuvda maydonga tushdi, lekin samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.

Viktor Kovalenko “Shaxtyor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2021 yildan beri “Atalanta” o‘yinchisi. “Spetsiya” iste’dodli yarim himoyachini ikki mavsumdan beri ijaraga olib o‘ynatmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni darrov “katta jang”ga tashlashadi!