
Hozirda teleboshlovchi va jamoat arbobi hisoblangan angliyalik sobiq futbolchi Gari Lineker APL doirasidagi "Fulxem"ga qarshi o‘yinda qayd etilgan nursiz durangdan so‘ng "Chelsi" haqida hazil qildi.
"Agar "Chelsi" yozda yangi o‘yinchilar uchun katta pul sarflasa, ular "xavf tug‘dirishi" mumkin", - deb yozdi Lineker o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Gap, albatta, londonliklarning qishki transfer oynasidagi katta xarajatlari haqida ketmoqda. “Aristokratlar” mavsumlar oralig‘ida argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesni 121 million yevroga, ukrainalik Mixail Mudrikni esa 100 million yevroga sotib oldi.
London derbisidan so‘ng "Chelsi" APL musobaqa jadvalida to‘qqizinchi, "Fulxem" esa oltinchi o‘rinda bormoqda.
Gari LinekerChelsi futboliAPL musobaqasiLondon derbisiO'yinchilar transferiFutbol afsonasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar