
“Roma”dan “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov faoliyatida yangi sahifa ochildi. Rim klubida maydonni sog‘inib yashagan hujumchimiz yangi jamoasida ilk daqiqalardan to‘p tepish imkoniga ega bo‘ldi.
Yangi yildagi ilk uchrashuv – Shomurodovning debyuti “Napoli” bilan to‘qnashuvga to‘g‘ri keldi. A Seriyada hech kim bas kelolmayotgan neapolliklar “Spetsiya”ni ham qiyinchiliksiz taslim qildi. Bu borada Shomurodovning debyutini omadli chiqdi, deb bo‘lmaydi.
“Napoli”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin “Spetsiya” bosh murabbiyi Luka Gotti o‘rniga jamoani boshqargan yordamchi murabbiy Fabritsio Loreri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin haqida:
Xatolarimizga o‘ralashib qolmoqchi emasmiz. Bosh murabbiy bilan bilan bahsga puxta tayyorgarlik ko‘rgandik. Futbolchilar maydonda ko‘rsatmalarimizga amal qildi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. “Napoli” xavfli vaziyatlar yarata olmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida omadsizlik tufayli gol o‘tkazib yubordik va shundan keyin hammasi o‘zgarib ketdi.
Shomurodov haqida:
Biz asosiy to‘purarimiz Mbala Nzolaning biz uchun qanday ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz. Lekin biz boshqa hujumchilar, xususan, Eldor Shomurodovni ham qadrlaymiz. Eldorga va yana bir yangi hujumchimiz Krollisga biroz vaqt kerak. Ular jamoaga tez kirishib ketishga harakat qilyapti. Ular yangi muhitga qanday moslashayotgani bizni qoniqtiradi.
Chempionat davomida yangi hujumchilarimiz bizga yordam beradi va birgalikda yaxshi natijalarga erisha olamiz.
Luka Gotti haqida:
Uchrashuvga birgalikda tayyorgarlik ko‘rganmiz. Murabbiy jisman o‘z o‘rindig‘ida o‘tirmasa ham, biz bilan doimo birgaligini his qilib turdik. Biz har ikki bo‘lim boshlanishidan oldin ko‘rishib, gaplashib oldik.
Gotti maydonga qaytishni istaydi. Keyingi hafta boshlarida bosh murabbiy yana safimizga qaytish imkoniga ega bo‘ladi. Buni intizorlik bilan kutyapmiz, - dedi Fabritsio Loreri.
“Spetsiya” 21-turdagi mag‘lubiyatdan keyin 18 ochko bilan 17-pog‘onadagi o‘rnini saqlab turibdi. Eldor Shomurodov jamoasi navbatdagi uchrashuvni safarda “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi.
Mazkur uchrashuv 11 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar