357
Tojikiston terma jamoasi ustozi Axtam Nazarovning "Andijon"ga o‘tganiga qanday munosabat bildirdi?
Ma’lumki, “Andijon” tarkibiga Tojikiston milliy terma jamoasi sardori Axtam Nazarov taklif qilingan bo‘lib, Antaliyadagi tayyorgarlik yig‘inida faol qatnashmoqda.
Ushbu o‘yinchining “Andijon” klubida paydo bo‘lishi albatta Tojikistonda ham barchaning e’tiborini o‘ziga tortdi. Shu bois Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrt Nazarovning “Andijon” klubi taklifini qabul qilganiga munosabat bildirdi.
“Tojikiston uchun juda ham xursandman. Chunki terma jamoamiz sardori uchun nihoyatda yaxshi tajriba bo‘ladi. O‘ylaymanki, u “Andijon” klubi bilan ajoyib mavsumni o‘tkaza oladi. Bunga ishonaman.
Axtam Nazarov 2022 yilda Tojikiston terma jamoasi va chempionatda juda muvaffaqiyatli o‘yinlarni o‘tkazdi. Shunga yarasha u eng yaxshi futbolchilarimizdan biri bo‘lgandi.
Bundan tashqari, bu o‘yinchida juda yaxshi xislatlar mavjud. Shu jihatdan ham bu barcha uchun foydali va yangilik bo‘ldi deb o‘ylayman. “Andijon” bosh murabbiyiga mening nomimdan salom ayting”, - dedi Petr Segrt “Andijon” matbuot xizmatiga.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi