
PSJ hujumchisi Lionel Messining akasi Matias jahon chempionining “Barselona”ga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Leo “Barselona”ga qaytadimi? Bu juda yengil savol. Men Barselona gazetalarining sarlavhasida “Messi “Barselona”ga qaytishi kerak”, deb yozishganini yaxshi eslayman. Men unga javoban: “Biz “Barselona”ga qaytmaymiz, qaytsak ham katta tozalashni amalga oshiramiz. Xususan, noshukr Laportani yo‘qotamiz”, degan bo‘lardim.
Men “Barselona” Messi tufayli mashhur bo‘ldi, deb hisoblayman. “Real” avvaldan shunday edi. Barselonaga kelib, klub muzeyini tomosha qilgan kishi borki, “Barselona” muzeyi bu Messining muzeyi ekaniga amin bo‘ladi.
Klub muxlislari o‘shanda Laporta ketib, Messi qolishini talab qilib, ko‘chalarga namoyishga qiyishlari kerak edi. Ispaniyaliklar bizni sotdi, - dedi Matias Messi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar