Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi

Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turidan o‘rin olgan "Al-Vehda" va "An-Nasr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi barcha gollarni portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi
"Al Vehda" - "Al Nasr" 0:4
Gollar
: Krishtianu Ronaldu (21, 40, 51-pen, 61).

Ma’lumot uchun, "An-Nasr" bu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 37taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar