09:12 / 12.02.2023
250

"Real" Madrid qanday qilib klublar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi? (video)

"Real" Madrid qanday qilib klublar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi? (video)
Futbol bo‘yicha Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida “Real” 11 fevral, shanba kuni “Al-Hilol”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Vinisius Junior hisobni ochdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Federiko Valverde madridliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 26-daqiqada esa Mussa Marega hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda “qaymoqranglilar” faollikni oshirdi va 54-daqiqada Karim Benzema ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 58-daqiqada Valverde dublni rasmiylashtirdi. 63-daqiqada Luisano Vietto “Al-Hilol”ning ikkinchi golini urdi. 69-daqiqada Vinisius ham dubl qayd etdi. 79-daqiqada Vietto navbatdagi gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa madridliklar 5:3 hisobida zafar quchib, klublar o‘rtasidagi Jahon chempioniga aylandi.

“Real” (Ispaniya) — “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) 5:3
Gollar
: 1:0 – 13 Vinisius Junior, 2:0 – 18 Valverde, 2:1 – 26 Marega, 3:1 – 54 Benzema, 4:1 – 58 Valverde, 4:2 – 63 Vietto, 5:2 – 69 Vinisius Junior, 5:3 – 79 Vietto.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal (Valexo, 79), Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modrich (Nacho, 74), Kroos (Asensio, 74), Tchuameni (Sebalos, 62), Valverde, Benzema (Rodrigo, 62), Vinisius Junior.

“Al-Hilol”: Al Mayuf, Abdulhamid, Chan Hen Su, Al-Bulayhi, Ad-Dosari, Karrilo (Maykl Richard, 75), Kuelyar, Ad-Dosari (Ad-Dosari, 75), Kanno, Vietto (Hamddan, 87), Marega (Igalo, 86).

3-o‘rin uchun kechgan bahsda “Flamengo” “Al-Ahli”ni 4:2 hisobida mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Madrid qanday qilib klublar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi? (video)