date

«Neftchi» Toshkentda bir kishi kam bo‘lib «Paxtakor»ni mag‘lubiyatga uchratdi

«Neftchi» Toshkentda bir kishi kam bo‘lib «Paxtakor»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Oliy liga 10-turida kichik sensasiya qayd etildi. «Paxtakor» klubi o‘z maydonida «Neftchi»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi, deb yozmoqda "Uff.uz".

E’tiborli tomoni, «Neftchi» birinchi bo‘limning 20-daqiqasidayoq bir kishi kam bo‘lib qolgan edi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Azim Asimov «Neftchi» futbolchisi Samatovni 20-daqiqaga qadar ikki marta ogohlantirdi va maydondan chetlatdi. Biroq shunga qaramay hisob aynan farg‘onaliklar tomonidan ochildi. Mansur Saidov uzatib bergan to‘pni Murod Bobojonov bo‘sh qolgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda Jaloliddin Masharipov zaxiradan maydonga tushirildi va u hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo 79-daqiqada «Neftchi» safida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Otabek Isroilov g‘alaba to‘pini kiritdi va jamoasiga uch ochko olib keldi.

«Paxtakor» – «Neftchi» - 1:2
Gol: Masharipov 67 - Bobojonov 39, Isroilov 79
«Paxtakor»: Jo‘raev, Kozak, Ismatullaev, Otaxonov, Hoshimov, Ahmedov, Sohibov, Andreev (s), Karimov, Iskanderov, Sergeev
«Neftchi»: Yusupov, Samatov, Qulmatov, Mehmonov, G‘ofurov, Rasulov, Qodirov, Saidov (s), Yoqubov, Hakimov, Bobojonov
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. Shoaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Inspektor: O. Rubakov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: V. Letkin.
Chetlatish: Samatov 20
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Neftchi» Toshkentda bir kishi kam bo‘lib «Paxtakor»ni mag‘lubiyatga uchratdi