
Italiya A Seriyasi 22-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Roma" mehmonda "Lechcha" bilan durangga imzo chekdi, 1:1. Uchrashuvdan keyin rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino qo‘yidagi fikrlarni bildirdi.
"Juda qiyin bahs bo‘ldi. Ochig‘i, natijadan qoniqmadik, ammo bugungi kuni og‘ir o‘tdi. Maydonning holati dahshatli darajada edi, biz to‘p bilan deyarli muomala qila olmadik. Bunday sharoitda sifatli futbol namoyish etish qiyin masala.
Shogirdlarimga hech qanday e’tirozim yo‘q. Shunchaki "Lechche" darvozaboni ajoyib seyvlarni amalga oshirdi", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ayni paytda "bo‘rilar" 41 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.
Italiya A SeriyasiRoma LechchaJoze MourinoFutbol NatijaShogirdlar E’tirozMaydon Holati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar