Eldor Shomurodov “Roma”dan “Spetsiya”ga o‘tganidan keyin A Seriyada ketma-ket ikkita uchrashuvda “Napoli” va “Empoli”ga qarshi boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi. Bu bahslarda liguriyaliklar atigi bir ochko oldi.
“Empoli”ga qarshi bahsda boy berilgan g‘alaba bosh murabbiy Luka Gottining kelajagiga jiddiy ta’sir o‘tkaza boshladi. Klub rahbariyati 17-pog‘onaga tushib qolgan jamoaga boshqa ustoz olib kelish haqida o‘ylay boshladi.
Luka Gotti “Spetsiya”ni 2022 yilning 1 iyulidan boshqarmoqda. Avval bu mutaxassis “Udineze”da bosh murabbiy bo‘lgan. Ungacha, bir necha klublarda yordamchi murabbiy sifatida ishlagan. Gotti Roberto Donadoni, Mauritsio Sarri va Igor Tudor kabi tajribali mutaxassislarga yordam berib, ular qo‘l ostida tajribasini oshirgan.
“Spetsiya” ketma-ket to‘rtta bahsda ochko yo‘qotgani rahbariyatni xavotirga soldi. Gotti shogirdlari “Roma”, “Bolonya” va “Napoli”ga yutqazib, “Empoli” bilan durang o‘ynadi. Klub mutasaddilari bosh murabbiyni “Empoli” bilan bo‘lgan bahsda o‘yinchi almashtirishda xatoga qo‘l qo‘ygani oqibatida 2:0 hisobidagi g‘alabani ushlab qola olmaganlikda ayblamoqda.
Bundan tashqari, ekspertlar “Empoli” bellashuvning 90-daqiqasidan keyin to‘p kiritganini inobatga olib, “Spetsiya” mavsum davomida yettita uchrashuvda so‘nggi daqiqalarda o‘tkazilgan gol evaziga qimmatli ochkolarni boy berganini hisoblab chiqdi.
“Spetsiya” sport direktori Eduardo Masia qishki transferlar vaqtida Luka Gotti talabiga ko‘ra, bir necha o‘yinchilarni olib kelgan va jamoani raqobatga tayyor ekanini ta’kidlamoqda. Xususan, Gotti o‘z jamoasida Eldor Shomurodovni ko‘rishni istagan edi. Masia yanvarda Eldorga xaridor bo‘lgan bir necha klublar raqobatini yengib o‘tib, legionerimizni “Spetsiya”ga ijaraga olishni uddaladi.
Umuman olganda, Luka Gotti boshchiligida “Spetsiya” A Seriyada 22 ta uchrashuvdan to‘rttasida zafar quchdi, yetti marta durang o‘ynadi va o‘n marotaba imkoniyatni boy berdi. Jamoa Italiya kubogida ikkita bahsda zafar quchib, “Atalanta”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin bosh sovrin uchun yurishni to‘xtatdi.
“Spetsiya” faoliyatini yoritayotgan https://www.calciospezia.it saytining ma’lum qilishicha, klub rahbariyati oldindagi ikkita bellashuvni Gottiga vaziyatni o‘nglash uchun so‘nggi muddat sifatida belgiladi. Liguriya jamoa 19 fevral kuni “Yuventus”ni qabul qiladi va 26 fevral kuni “Udineze” mehmoni bo‘ladi.
“Spetsiya” rahbariyati hozirning o‘zida yangi bosh murabbiy tanlab bo‘lgan. Agar Gotti vaziyatni o‘nglay olmasa, Eldor Shomurodov jamoasi Leonardo Semplichi qo‘l ostiga o‘tadi. 55 yoshli mutaxassis 2021 yilning 14 sentyabridan beri ishsiz yuribdi. Avval u “Aretso”, “Piza”, “Fiorentina-U19”, SPAL va “Kalyari” kabi jamoalarni boshqargan.
Manbalarning ta’kidlashicha, Leonardo Semplichi “Spetsiya”ning “Napoli” va “Empoli”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvlarini bevosita tribunadan tomosha qilgan va jamoa haqida kerakli ma’lumotlarni to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi