
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe anchadan beri jamoasini o‘zgartirishni o‘ylab yuribdi. 24 yoshli futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirishni istayapti.
24 yoshli to‘purar “Santyago Bernabeu”ga ko‘chib o‘tishga shoshilayotganiga qaramay, “Qirollik klubi” bu transferni amalga oshirish uchun o‘zi tuzgan rejani qo‘llamoqchi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar Mbappe uchun katta xarajat qilmoqchi emas. Fransiyalik futbolchining shartnomasida PSJ bilan kelishuvni 2024 yilning yozida bir tomonlama bekor qilish bo‘yicha band bor.
“Real” xo‘jayinlari Kilian kelasi yil bitimni bekor qilib, Madridga erkin agent sifatida kelishini kutadigan bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar