220
APL. “Manchester Siti” qoldirilgan tur o‘yinida “Arsenal” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining qoldirilgan 12-tur o‘yinida “Arsenal” va “Manchester Siti” 15 fevral, chorshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Kevin de Bryuyne londonliklar himoyachisining qo‘pol xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Bukayo Saka penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limda ham hujumkor futbol namoyish etildi. 72-daqiqada Jek Grilish manchesterliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Bu safar ham “Arsenal” himoyachilari xatoga yo‘l qo‘ydi. 82-daqiqada esa Erling Holand hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
“Shaharliklar” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 51 taga yetkazdi va to‘plar nisbatiga ko‘ra “Arsenal”ni ortda qoldirib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Kanonirlar” ham 51 ochko jamg‘arib, 2-o‘rindan joy oldi.
“Arsenal” — “Manchester Siti” 1:3
Gollar: 0:1 – 24 de Bryuyne, 1:1 – 42 Saka (penalti), 1:2 – 72 Grilish, 1:3 – 82 Holand.
“Arsenal”: Remsdeyl, Tomiyasu (Uayt, 83), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka (Fabiu Vieyra, 83), Jorjino, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli (Trossard, 76).
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Fillips, 87), Grilish (Foden, 77), Bernardu Silva, Rodri, Marez (Akanji, 61), Holand.
Ogohlantirishlar: Uoker (34), Ederson (36), Bernardu Silva (45), Tomiyasu (48), Grilish (62), Nketia (64).
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»