Foto: Reuters
Italiyaning “Spetsiya” klubi bosh murabbiyi Luka Gotti o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
- Klub amalga oshirilgan ishlar uchun murabbiyga minnatdorchilik bildiradi va unga professional muvaffaqiyatlar tilaydi, — deyiladi “Spetsiya” bayonotida. Murabbiyning o‘rnini kim egallashi haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Gotti “Spetsiya”ni 2022 yilning iyul oyida qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa 25 ta o‘yin o‘tkazib, 6 g‘alaba, 7 durang va 12 ta mag‘lubiyat qayd etdi. Klub Italiya chempionatida to‘rtta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapti — 3 mag‘lubiyat, 1 durang. Jamoa “Empoli”ga qarshi oxirgi o‘yinda 2:0 hisobida oldinda borib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqargandi.
A Seriyaning 22-turidan keyin “Spetsiya” 19 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda. Eng yaqin ta’qibchi “Verona” hisobida 17 ochko bor.
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yanvar oyida “Roma”dan ijara asosida “Spetsiya” safiga qo‘shilgandi. Shomurodov klub safida ikkita o‘yin o‘tkazdi va samarali harakat amalga oshira olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»