
“PSJ” hujumchisi Lionel Messining kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Jahon chempionining manfaatlarini himoya qilayotgan otasi Xorxe Messi Parij klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib borgandi.
Biroq, tomonlar hamkorlik bo‘yicha bir to‘ztamga kela olmagan.
Ma’lumotlarga qaraganda, AQSH chempionati vakili “Inter Mayami” Lionel Messining navbatdagi manzili bo‘lishi kutilmoqda.
L'Equipe nashri jurnalistlari aniqlashicha, Messining oilasi AQSHga ko‘chib o‘tishga tayyor. Futbolchining yangi jamoa tanlashida oilasining qayerda yashash istagi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Leoning AQSHda hashamatli uyi bor. Oilasiga AQSHda yashash juda yoqadi. Shu bois, Messi yaqin kelajakda ummonortiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Messi OilasiYevropadan Ko‘chishPSJ HujumchisiInter MayamiAQSH ChempionatiYangi Jamoa O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar