date

Ronaldu: «Tanqidchilar bilan ishim yo‘q, men mavsumda «Real»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim»

Ronaldu: «Tanqidchilar bilan ishim yo‘q, men mavsumda «Real»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim»

Evropa chempionlar ligasi finalida g‘olib chiqqan «Real» jamoasi etakchisi Ronaldu o‘yindan keyin o‘ziga bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

Portugaliyalik hujumchi EChL g‘olibligini o‘z muxlislariga bag‘ishladi.

«Tanqidchilar bilan ishim yo‘q. Men hamisha o‘zimni sevgan kishilar bilan yaqin bo‘lganman. EChLdagi bu g‘alaba ular uchun, Portugaliyada va butun dunyoda hamisha meni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarim uchun. Men bu mavsumda 4 ming daqiqadan ko‘proq vaqt o‘tkazdim. Bu vaqtning katta qismida jamoadagi asosiy futbolchi sifatida harakat qildim. Mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim. Bu men uchun ko‘p narsani anglatadi. Bu mening sport formam yuqori darajada ekanidan dalolatdir. Men hali o‘zimni juda etuk sezmoqdaman. Albatta, mavsum oxirida charchoq ham seziladi, men ko‘p vaqtni oyoqda o‘tkazaman. Lekin men hali ko‘p ish qilishim kerak. Hali ishdaman», – deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi "Kun" nashri.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsum bilan qo‘shib hisoblaganda Ronaldu olti mavsumdan buyon 50tadan ortiq gol urmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: «Tanqidchilar bilan ishim yo‘q, men mavsumda «Real»ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldim»