23:00 / 23.02.2023
263

Xavi Manchesterga nima maqsadda kelganini aytdi

Xavi Manchesterga nima maqsadda kelganini aytdi

Foto: Sport.ru

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Yevropa ligasi 1/16 finalining «Manchester Yunayted»ga qarshi javob o‘yini oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.

«Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. «MYu» — Yevropaning eng yaxshi klublaridan biri. Bu so‘nggi yillardagi eng yaxshi «Yunayted». Biz o‘ziga xosligimizni ko‘rsatishimiz shart. Yevropa ligasi yoki Primera? Men hech biridan voz kecholmayman. Biz «Barselona»miz, bu yerga tanlash uchun kelganimiz yo‘q», — dedi Xavi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalarning Barselonadagi ilk uchrashuvi 2:2 hisobida tugagan edi.

Bugungi o‘yin tungi soat 01:00 da boshlanadi. O‘yinni «Sport» telekanali namoyish etadi.

Yevropa Ligasi 1/16 finalining bugungi boshqa o‘yinlari:

  • Nant — Yuventus / Sport (22:45)
  • PSV — Sevilya (22:45)
  • Midtyulland — Sporting (22:45)
  • Union Berlin — Ayaks / Yoshlar (01:00)
  • Roma — Zalsburg / Mahalla (01:00)
  • Renn — Shaxtyor / Sport 2 ( 01:00)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi Manchesterga nima maqsadda kelganini aytdi