Qozog‘iston boks terma jamoasi bosh murabbiyi Konkabayevning ringga chiqmaganiga izoh berdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha "kichik jahon chempionati" degan nom olgan "Stranja" musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur musobaqada qo‘shni Qozog‘iston vakillari yaxshi natija qayd eta olmayapti. Terma jamoa bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov ushbu muvaffaqiyatsizlik va Konkabayev nima uchun Jalolov bilan ringga chiqmaganiga izoh berdi.
"Faqatgina Kamshibek Konkabayev va Nurkanat Rayis turnirga birinchi raqamli bokschilar siftida bordi. Qolgan tarkibning aksari yoshlardan iborat. Katta o‘rtasidagi musobaqada ularning ishtirok etishi yaxshi tajriba bo‘ladi. Konkabayevning qo‘lida jarohat bor edi. O‘zingiz yaxshi bilasiz, eng kuchli bokschiga qarshi jangda jarohat katta ro‘l o‘ynaydi. Shuning uchun biz uning sog‘ligi borasida tavakkal qilmaslikka qaror qildik. O‘ylaymanki, Kamshibek boshqa turnirlarda o‘zining kuchini isbotlashiga hali imkoni bo‘ladi.
Kechagi janglar haqida gapiradigan bo‘lsak, unda xalqaro tajribaga ega bo‘lmagan yosh bokschilar bellashdi. Hozir ularni tanqid qilishga sabab ko‘rmayapman. Ular uchun eng muhimi kattalar o‘rtasidagi musobaqada tajriba yig‘ish. Oldinda bizni kuda ko‘p ishlar kutib turibdi. Mening fikrimcha Temirhan Tezek (67 kg) yaxshi jang o‘tkazdi. U mag‘lub bo‘ldi deb ayta olmayman. Albatta u hali yana qo‘shadi. Ishonamanki, keyingi turnirlarda muhlislarimizni hursand qilish uchun barchasini qilamiz", - dedi murabbiy Sports.kz saytiga bergan intervyusida.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring