12:38 / 26.02.2023
501

Kilian Mbappe “Real”ga g‘alati shart qo‘ydi

Kilian Mbappe “Real”ga g‘alati shart qo‘ydi

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar tingani yo‘q. Bunga ko‘p jihatdan 24 yoshli hujumchining Parij klubidagi holatidan noroziligi va tezroq Madridga ko‘chib o‘tishni istayotgani asos bo‘lmoqda.

Todofichajes nashrining ta’kidlashicha, Kilian Mbappe “Real” vakillari o‘z shartlarini ma’lum qilgan. Manbaning yozishicha, fransiyalik hujumchi “Qirollik klubi” o‘zi bilan birga Ashraf Hakimini ham transfer qilishini so‘ramoqda.

Qizig‘i shundaki, marokashlik o‘ng qanot himoyachisi aslida Madridda tug‘ilgan va futbol sirlarini “Real”da o‘rgangan. Hakimi “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibiga kira olmaganidan keyin Dortmundning “Borussiya”siga ijaraga berildi. Keyinchalik esa, “Inter”ga sotib yuborildi.

Kilian Mbappening yaqin do‘tslaridan hisoblangan Ashraf Parij klubida 2021 yilning yozidan beri o‘ynamoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappe “Real”ga g‘alati shart qo‘ydi