18:30 / 26.02.2023
449

Ronaldu o‘zi uchta gol urgan bahsdan keyin jamoadoshlariga murojaat yo‘lladi

Ronaldu o‘zi uchta gol urgan bahsdan keyin jamoadoshlariga murojaat yo‘lladi

Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistonidagi sarguzashtlari davom etadi. 38 yoshli yulduz milliy chempionatning 18-turida “An-Nasr”ning “Damak” jamoasiga qarshi o‘tkazgan uchrashuvining birinchi bo‘limidayoq xet-trikka erishdi.

Ronalduning gollari poytaxtliklarga 3:0 hisobida g‘alaba keltirib, chempionlik uchun kurashda qimmatli uch ochko keltirdi.

Ushbu bahsni zahiradan boshlagan Jaloliddin Masharipov ikkinchi bo‘limda maydonga tushirildi.

Bahsdan keyin Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga suratini qo‘yib, jamoadoshlariga minnatdorlik bildirib post qoldirdi.

- Bu ajoyib oqshom bo‘ldi. Yigitlar a’lo darajada mehnat qildik!, - deb yozdi Krishtianu Ronaldu.

Ronaldu so‘nggi beshta uchrashuvda jamoasining o‘nta golida bevosita ishtirok etdi. Kiritilgan to‘plardan sakkiztasiga portugaliyalik yulduz muallif bo‘ldi va ikki marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu o‘zi uchta gol urgan bahsdan keyin jamoadoshlariga murojaat yo‘lladi