Koreya futbol assotsiatsiya Janubiy Koreya milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib Yurgen Klinsmann tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda Koreya futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.
Mutaxassis 3 yil va 5 oy muddatga belgilangan shartnomaga imzo chekkan. Tomonlar murabbiy maoshini e’lon qilmaslikka qaror qilishdi. Klinsmann termadagi ishini yangi haftadayoq boshlashi mumkin. Germaniyalik murabbiy uchun debyut uchrashuvi 24 mart kuni Ulsanda Kolumbiyaga qarshi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Koreya Futbol AssotsiatsiyasiJanubiy KoreyaYurgen KlinsmannYangi Bosh MurabbiyMartUlsan Kolumbiya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar