17:52 / 01.03.2023
282

Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O‘zbekiston bilan o‘yinga tayyormiz"

Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O‘zbekiston bilan o‘yinga tayyormiz"

Suriya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Mark Votte ertangi O‘zbekistonga qarshi uchrashuvdan oldin fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz Toshkentda ekanligimizdan xursandmiz. Turnirgacha 8 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Ularda 5 marta g‘alaba qozonib, 3 marta mag‘lubiyatga uchradik. Maqsadimiz – terma jamoaga yaxshi o‘yinchilar yetkazib berish.

Biz oldimizga ikkita maqsad qo‘yganmiz. Yarim finaliga yetib borish va Jahon chempionatiga chiqish", – dedi Mark Votte.

- Suriyadagi zilziladan so‘ng futbolchilarning tiklanishi qanday bo‘ldi?

- Albatta, bu yomon holat. Ushbu avlod qiyin davrda o‘sgan va yer qimirlashi ham katta ta’sir o‘tkazdi. Men o‘yinchilarga 5 kun dam berdim  va 2 kun oilalari davrasida bo‘lishdi.

- Suriya terma jamoasidan avval Marokash yoshlarini boshqargansiz. Bu terma jamoadagi ko‘p futbolchilar Jahon chempionatida harakat qildi. Bu borada nima deya olasiz?

- Qilgan mehnatlarimiz samara bergani quvonarli. Suriya futbolchilarini ham Yevropaga yuborish niyatimiz bor. Ularda salohiyat katta.

- Jamoani ko‘proq mahalliy futbolchilardan yig‘dingiz. Bu Jahon chempionatiga chiqish uchun yetarli bo‘ladimi?

- Suriyalik o‘yinchilar butun dunyoda bor. Biz Daniya, Rossiya, umuman, Yevropadan barcha o‘yinchilarni yig‘ishga harakat qildik. Mahalliy futbolchilar va legionerlarni uyg‘unlashtirdik. "Gerta"da o‘ynaydigan Mustafo Abdulativni chaqirdik.

- O‘zbekiston haqida fikringiz qanday? Kuchli va kuchsiz chiziqlari bormi?

- O‘zbekiston – mezbon va guruh favoriti. Birinchi raqibimiz ham aynan O‘zbekiston. Bu raqib bilan o‘yinga tayyormiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Suriya U-20 termasi ustozi Mark Votte: "O‘zbekiston bilan o‘yinga tayyormiz"