16:53 / 02.03.2023
132

Xitoy U-20 bosh murabbiyi: "Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak"

Xitoy U-20 bosh murabbiyi: "Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak"

Xitoy U-20 bosh murabbiyi Antonio Puche Visente 1-tur doirasidagi Yaponiyaga qarshi bahs oldidan jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Biz bu yerda bo‘lib turganimizdan xursandmiz, pandemiyadan so‘ng yana bunday musobaqalarning qaytishi kuvonarli. Ushbu turnir terma jamoamiz uchun katta sinov bo‘ladi. Futbolchilar o‘zini yaxshi ko‘rsatishiga umid qilaman", – deya gap boshladi xitoyliklar murabbiyi.

- Xitoy terma jamoasinig musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rgani haqida qisqacha gapirib o‘tsangiz...

- Turnirga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha vaqt bo‘ldi. Yig‘in o‘tkazdik va mana hozir Toshkentdamiz va ertaga bizni birinchi uchrashuv kutib turibdi.

- Ertangi raqibingiz juda kuchli jamoa. Ularga qarshi qanday o‘ynamoqchisizlar?

- Birinchi uchrashuvdagi raqibimiz Yaponiya juda kuchli terma jamoa. Yaponiyaliklar har doim tartibli o‘yin ko‘rsatishi bilan ajralib turishadi. Yaponiyaliklar tarkibida iqtidorli o‘yinchilar ko‘p. Bizning yigitlar yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgan, ertangi uchrashuvda futbolchilar yaxshi raqobat ko‘rsata olishadi deb o‘ylayman. Avvalroq aytib o‘tganimdek, turnir o‘yinchilar uchun tajriba maydoni bo‘ladi. 

- Jamoangizdan qanday natija kutmoqdasiz?

- Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak, keyinchalik esa qadamma-qadam maqsadimiz sari intilamiz. Maqsadimiz – yarim finalga chiqish.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoy U-20 bosh murabbiyi: "Birinchi navbatda, guruhdan chiqishimiz kerak"